Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya harbiy-dengiz floti 2018 yilda 26ta yangi kemaga ega bo‘lishini ma'lum qildi
© RIA Novosti / Mixail Klimentev
Rossiya harbiy-dengiz floti 2018 yilda 20dan ortiq yangi kemaga ega bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.
«2018 yilning o‘zida 26ta yangi kema, kater va «Kalibr» raketa majmuasi bilan jihozlangan to‘rtta kema olish lozim», — dedi Putin harbiy-dengiz floti kuni bayrami bilan o‘tkazilgan tantanali qabulda.
U bu yil flot to‘rtta kema, bitta qo‘poruvchilikka qarshi kater va uchta ta'minot kemasini olganini eslatib o‘tdi.
Putin flot infratuzilmasi eng zamonaviy talablarga muvofiq holda rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Rossiyada harbiy-dengiz floti kuni 29 iyulda nishonlanadi. Bayram munosabati bilan Peterburg va Kronshtadtda harbiy-dengiz paradi o‘tkazildi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
12:35 / 31.12.2025
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda
09:43 / 31.12.2025