Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni saqlab qolish yo‘li ma'lum qilindi
Foto: Haberturk
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rasmiy vakili Ibrohim Qalin agar Vashington Anqaraning xavfsizlik sohasidagi xavotirlariga tushunish bilan qarasa, Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni saqlab qolish va yangi darajaga olib chiqish mumkinligini aytdi.
“Agar AQSh ma'muriyati Turkiyaning xavfsizlik sohasidagi xavotirlariga jiddiy munosabatda bo‘lsa, o‘zaro munosabatlarni saqlab qolish va yaxshilash mumkin. Turkiya NATO bo‘yicha ittifoqdoshi uning mamlakat ichidagi va tashqarisidagi milliy xavfsizligiga taqdid qilayotganda, uning bu xatti-harakatlariga ko‘z yuma olmaydi”, deb aytgan Qalin Daily Sabah nashridagi maqolasida.
Uning ta'kidlashicha, “AQSh prezidenti Trampda Erdo‘g‘an va Turkiya bilan munosabatlar borasida yaxshi istaklar bo‘lishi mumkin”. “Agar munosabatlar o‘zaro hurmat va manfaatlarga asoslangan bo‘lsa, bu monand javobga olib keladi. Turkiyaga qarshi tahdidlar ish bermaydi. Bu faqatgina munosabatlarga zarar yetkazadi”, deb aytgan Qalin.
“AQSh oxirgi yillar Turkiya bilan mustahkam va o‘zaro manfaatli bo‘lgan strategik sheriklikka putur yetkazish va munosabatlarni zaiflashtirish uchun bir necha qadam amalga oshirdi. Turkiya bu munosabatlarni Vashingtondagi uzoqni ko‘zlamaydigan siyosatchilardan asrashga urinib, uning yomonlashishida hech qanday rol o‘ynamagan”, deb ta'kidlab o‘tilgan maqolada.
Qalinning ta'kidlashicha, “AQShning harakatlari turk amaldorlari va aholisida jiddiy ishonchsizlik keltirib chiqargan”. “AQSh Raqqani ozod qilishda Turkiya qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilishni istamadi. Buning o‘rniga ular kurd mudofaa otryadlari terrorchilari bilan aloqa o‘rnatdilar”, deb qo‘shimcha qilgan Qalin.
Mavzuga oid
08:46
AQSh Kubaga neft yetkazib beruvchi davlatlarga qarshi boj joriy etmoqda
23:08 / 29.01.2026
Tramp Putinning Ukrainaga zarbalarni bir haftaga to‘xtatishga roziligini aytdi
20:27 / 29.01.2026
AQSh Eronga hujum qilmoqchi: Amerikaning motivlari va shartlari nimalar?
16:17 / 29.01.2026