Sport | 19:43 / 30.07.2018
3764
1 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» 60 million yevrolik yangi xaridini tanishtirdi

Bugun «Atletiko» klubi yarimhimoyachi Tomas Lemarni yangi a'zosi sifatida jamoatchilikka tanishtirdi. Klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida marosimdan fotosuratlar e'lon qilingan.

Fransiyalik futbolchi JCh vaqtida «Monako»ni tark etib, «matraschilar» safiga qo‘shilgandi. Yangi jamoasida u 11-raqam ostida to‘p suradigan Lemar madridliklar safida Diyego Kosta hamda Antuan Grizmannga samarali paslar uzatib turishi kutilmoqda.

Avvalroq 22 yoshli futbolchi uchun «Monako» 60 million yevro kompensatsiya olishi xabar qilingandi.

O‘tgan mavsum Fransiya birinchi divizionida Lemar 30 o‘yinda 2+8 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayd etgan. Bundan tashqari, u Fransiya termasi bilan mundial g‘olibi ham bo‘ldi.

Mavzuga oid