Futbol maktabiga o‘qishga kiritish evaziga pul so‘ragan direktor javobgarlikka tortildi
Bugun ayrim yurtdoshlarimiz poraxo‘rlik tufayli sud zalida javob beryapti. Bundan to‘g‘ri xulosa olish, ayniqsa, oilada farzandlarimizga poraxo‘rlikning jirkanchligi, uning xavfi to‘g‘risida ko‘proq tushuncha berishimiz zarur. Uning ortidan kimdir ishga, kimdir o‘qishga joylashishni umid qiladi. Oxir oqibat qonun oldida javob berib, yaqinlari, mahalla ahli oldida uyatga qoladi, deb yozmoqda «Farg‘ona haqiqati» nashri.
T.Mo‘minov ham xuddi shu jinoyati tufayli javobgarlikka tortildi. U viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Farg‘ona shahar futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori lavozimida ishlab jirkanch ishga qo‘l urdi. O‘g‘li va jiyanini mazkur futbol maktabiga o‘qishga kiritish istagida yurgan E.Parmonovaning iltimosi unga qo‘l keldi. Naqd 600 AQSh dollariga asoslangan “savdo”ga rozi bo‘lsa Parmonovaning o‘g‘li va jiyani shu maktab o‘quvchilariga aylanishi mumkinligini ta'kidladi.
Holat yuzasidan E.Parmonova Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Iktisodiy jinoyatlarga karshi kurashish departamentining Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘iga ariza bilan murojaat etib, qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi. Davlat xavfsizlik xizmati va Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-nazorat tadbiri tufayli jinoyatning oldi olindi. T.Mo‘minov E.Parmonovadan kelishilgan pulning 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.
Maktab-internat faoliyatining barcha yo‘nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlik qilish, o‘quv jarayonini tashkillashtirish, mehnat intizomini nazorat qilish, ta'lim muassasasi hisobotlarini tayyorlash, buyruqlar chiqarish, ishga olish va ishdan bo‘shatish, maktabning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini birinchi imzo qo‘yish huquqi bilan boshqarish va yana bir qancha vakolatlarga ega bo‘lgan T.Mo‘minov ustoz va rahbar nomini oqlay olmadi. Qo‘l ostidagi xodimlar va hamkasblarga ibrat ko‘rsatmadi. Uning yuqoridagi qilmishi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinib, aybdor deb topildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi T.Mo‘minovga nisbatan 1 yil muddatga mansabdor lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravari miqdorida jarima jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
11:34 / 23.12.2024
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
21:23 / 21.12.2024