O‘zbekiston | 21:03 / 30.07.2018
30347
5 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi rahbar lavozimiga ishga taklif qilmoqda

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida tashkil etilgan Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasining - “Xalqaro reyting agentliklari, moliya va yuridik konsultantlar bilan o‘zaro munosabatlar” bo‘limi, “Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash” bo‘limi va “Davlat qarzi hisobi va hisoboti” bo‘limlarining quyidagi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi. Bu haqda Moliya vazirligi Axborot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qilmoqda.

Boshqarma boshlig‘i – 1 nafar;

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari - bo‘lim boshlig‘i – 1 nafar;

Bo‘lim boshlig‘i – 2 nafar;

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosar – 3 nafar;

Bosh mutaxassis – 6 nafar;                                

Yetakchi mutaxassis – 3 nafar.             

1. Quyidagilan nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy malaka talablari hisoblanadi:

1. Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya va moliyani boshqarish hamda shunga yaqin sohada bakalavr yoki magistr diplomi, O‘zbekiston/xorijiy OTMlari diplomlari; 

2. Iqtisodiy va moliyaviy tahlil eta olish, kredit reytinglarni tushunish; 

 3. O‘zbek va ingliz tilini mukammal darajada bilish. Ingliz tilida IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar;

4. Ish tajribasi (Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, oliy ta’lim muassasalarida va h.k.) kamida 
3 yil, chet el banklari va tashkilotlari bilan ishlash tajribasi ijobiy qaraladi

5. Microsoft Word, Power Point, Excel kabi dasturlarda mukammal ishlash tajribasi;

6. Lavozimga mos boshqa malaka talablari.

2. Shaxsiy talablar:

2.1. Vatanparvarlik, sodiqlik;

2.2. Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;

2.3. Og‘ir mehnatdan qochmaslik;

2.4. Muomala madaniyati, Sales mentalıty;

2.5. Jamoada ishlash qobiliyati;

2.6. Lavozimga mos boshqa shaxsiy talablar.

2.7. Mamlakat uchun muhim tashqi moliyalashtirish loyihalari bilan ishlash imkoniyati

2.8. Chet elga xizmat safarlariga chiqish imkoniyati

Tanlov jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 108-sonli “Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq tartib-qoidalari asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi, jumladan:

1 bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o‘zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to‘g‘risida insho yozib joriy yilning 6 avgustigacha jo‘natishlari (o‘zbek va ingliz tillarida) zarurdir (CV namunasi ilova qilinadi). 9 avgustgacha ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o‘rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o‘tganliklari to‘g‘risida e’lon beriladi.

2 bosqich: Joriy yilning 10 avgust kuni soat 14:30 da nomzodlar bilan o‘zbek tilida yuqoridagi talablarga javob berishni tekshirish maqsadida suhbat o‘tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo‘yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo‘yib chiqadi. Nomzodlarning keyingi bosqichga o‘tganliklari to‘g‘risida shu kuni e’lon qilinadi.

3 bosqich: Joriy yilning 13 avgust kuni 14:30 da ingliz tilida suhbat o‘tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo‘yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo‘yib chiqadi.

4 bosqich: Joriy yilning 14 avgust kuni soat 11:00 da ishchi guruh yig‘ilib, shu bosqichgacha yetib kelgan nomzodlarning ballarini to‘plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo‘limiga ShDumanov@mf.uz elektron pochta manziliga jo‘natishingiz so‘raladi. 
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 239-88-73 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid