Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda muxolifat saylov natijasini tan olmayapti
Pokistondagi asosiy muxolifatchi partiya suddan saylov natijalari soxtalashtirilgani holati bo‘yicha tergov qilishni talab qilmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, sobiq kriketchi Imron Xonning partiyasiga muxolif sanalib turgan «Pokiston musulmon ligasi - Navoz» partiyasi saylov natijalarini tan olmayapti.
Partiya yetakchisi, sobiq Bosh vazir Navoz Sharif hibsga olingandan so‘ng, «Tihriki Insof» partiyasiga jiddiy qarshilik ko‘rsatuvchi siyosiy tuzilma qolmagandi. Endilikda mamlakatda Bosh vazir lavozimi uchun o‘tkazilgan saylovni boykot qilayotgan tarafga ko‘ra, barcha natijalar soxtalashtirilgan.
Sobiq Bosh vazirning ta'kidlashicha, uning qamalishi ortida mamlakatda katta nufuzga ega harbiylar turibdi. To‘g‘ri, harbiylar bunday bayonotni darhol rad etdi.
Saylov natijasiga ko‘ra, 16,86 million saylovchilarning ovoziga ega bo‘lgan Xonning partiyasi kichikroq siyosiy partiya va mustaqil siyosatchilar bilan koalitsiya tuzish ustida ish boshlagan.
Sobiq Bosh vazir esa yurakdagi kasalligi tufayli qamoqxonadan hospitalga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026