Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda test sinovlari o‘tkaziladigan qator obektlarda yong‘in o‘chirish bo‘yicha mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi
Poytaxt oliy ta'lim muassasalarida test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan shu yilning 28 va 29 iyul kunlari Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida, tennis sport majmuasida hamda «Yoshlik» sport arenasi binolarida yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar doirasida yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda ishchi xizmatchilarni evakuatsiya qilish jarayoni tashkil etilib, maskanlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rildi. Jumladan, yong‘inni avtomatik ravishda sezish va ovozli xabar berish qurilmalarining sozligi, zaxira chiqish yo‘llarining holati, yong‘in vaqtida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi belgilar va avariya yoritish tizimi mavjudligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi hamda ishchi xizmatchilarni yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda o‘z vazifalarini qay darajada bilishlari tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tadbir davomida maskan ishchi xizmatchilariga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish va insonlarni tezda evakuatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Mavzuga oid
13:40
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:25 / 17.06.2026