O‘g‘il onasini muttasil xo‘rlab kelgan otasini pichoqlab o‘ldirdi
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani, Bunyodkor QFYda yashovchi K.Tolibov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 12 yildan buyon onasi N.Sharipova bilan birga yashamayotgan otasi Zafarobod tumani, Uzun QFY, Turkiston ko‘chasida yashovchi O.Sharipovning muttasil ravishda onasini xo‘rlab, uni sha'ni va qadr-qimmatini kamsitib kelayotganligidan nafratlanib, otasini qasddan o‘ldirish maqsadida 2018 yilning 16 iyun kuni Paxtakor tumani markaziy dehqon bozoridan pichoqcha sotib oladi. Shu kuni soat 22:10larda Zafarobod tumani, Uzun QFY, hududida joylashgan “Oybekina-bekina” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida otasi O.Sharipovni uchratib, u bilan o‘zaro janjallashib qoladi. O‘zi bilan olib kelgan pichoqcha bilan uning bo‘yin sohasidan kesib hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazishi oqibatida O.Sharipovning voqea joyida vafot etishiga sababchi bo‘lgan.
2018 yil iyun oyining 17-kuni, soat 13:05da, jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudi tomonidan prokurorning O‘zbekiston Respublikasi JK 97-moddasining 1-qismi bilan ayblanuvchi K.Tolibovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi. Sud tomonidan K.Tolibovning harakati O‘zbekiston Respublikasi JK 15-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavflilik darajasi bo‘yicha o‘ta og‘ir bo‘lgan jinoyatlar turkumiga kirishini, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining, bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida K.Tolibovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Mavzuga oid
12:31 / 10.11.2024
2024 yilda Jizzax viloyatida bolalar ishtirokida 59 ta YTH sodir bo‘ldi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024