Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ular hech qachon o‘zgarmaydi». Tramp o‘z ishini salbiy baholagan OAVni tanqid qildi
Foto: Pablo Martinez Monsivais/AP
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning tvitterda ma'lum qilishicha, ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonch har qachongidan ham juda past darajada.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari hukumat ishida ijobiy natijalar kuzatilayotganiga qaramay, AQSh ma'muriyati ishini salbiy jihatdan qamrab olyapti.
Shuningdek, u ommaviy axborot vositalari axborotni yanada aniqroq yetkazib berishlari kerakligini ta'kidladi.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, «muvaffaqiyatsiz» The New York Times va The Washington Post voqealarni yoritishda doimo «salbiy ritorika»dan foydalanib kelmoqda.
AQSh prezidentining fikricha, ushbu ommaviy axborot vositalari «hech qachon o‘zgarmaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp NATO a'zolari orasida «bir yoki ikkita diktator»ni topgandi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:18 / 11.03.2026
Vadeful: Erondagi xaos hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi kerak
13:42 / 10.03.2026