Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamda to‘y korteji YTHga uchrashi natijasida 13 kishi halok bo‘ldi
Vetnamda kuyov va to‘yga kelgan mehmonlar o‘tirgan transport vositasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 13 kishi dunyodan ko‘z yumdi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
Agentlikning yozishicha, halokat mamlakat markaziy qismidagi Kuangnam viloyatida sodir bo‘lgan. Kuyov qarindoshlari va do‘stlari bilan kelinning uyiga ketayotgan bo‘lgan.
Ichida 17 kishi bo‘lgan transport qarshisidan kelayotgan konteyner tashuvchi yuk mashina bilan to‘qnashib ketgan.
Halokat oqibatida 13 kishi, jumladan kuyov ham halok bo‘lgan. To‘rt kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026