Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
34 nafar afg‘onistonlik yoshlar O‘zbekistonda o‘qish uchun o‘zbek tilini o‘rganmoqda
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
34 nafar afg‘onistonlik yoshlar temir yo‘l sohasida O‘zbekistonda oliy ta'lim olish maqsadida til o‘rganmoqda. Bu haqda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi La'l Pacha Azmun ma'lumot bergan.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, vazirlikda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi La'l Pacha Azmun bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Yuqori martabali mehmon afg‘on yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida bilim olishga bo‘lgan qiziqish kundan kunga kuchayib borayotgani, ayni paytda 34 nafar afg‘onistonlik yoshlar temir yo‘l sohasida O‘zbekistonda oliy ta'lim olish maqsadida til o‘rganayotganini, bunday yoshlar soni tobora ortib borayotganini bildirgan.
Ma'lumot uchun, 2017 yil 22 yanvarda Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda mazkur markazda 96 nafar afg‘onistonlik talaba o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida ta'lim olmoqda.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
14:33 / 27.02.2026
Ta’lim maskanimi yoki diplom fabrikasi: oliy ta’limda bugun standartlar qanday?
07:58 / 27.02.2026
Pokiston Afg‘oniston poytaxti Kobulga aviazarbalar berdi
23:01 / 26.02.2026