10 iyul kuni prezident Şavkat Mirziyoyevga xalqaro ta’lim standartlari asosida örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etiş, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan takliflar taqdim etildi.

Taqdimotda sönggi sakkiz yilda oliy ta’lim tizimida amalga oşirilgan islohotlar natijalari ham qayd etildi. Xususan, oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizgaça oşgan, talabalar soni esa 270 ming nafardan 1,7 million nafarga yetgan. Şuningdek, 643 ta texnikumning 100 tasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilğor kasbiy ta’lim dasturlari joriy etilmoqda.

Prezidentga köra, ta’lim sifatini yanada oşiriş, milliy oliygohlarning xalqaro raqobatbardoşligini kuçaytiriş va bitiruvçilarning global mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytiriş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Şu maqsadda 2030 yilga qadar kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini umumiy reyting böyiça, yana 10 tasini fan yönalişlari kesimida dunyoning top-500 universitetlari qatoriga kiritiş rejalaştirilgan. Şuningdek, 100 ta ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş va 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini yölga qöyiş közda tutilgan.

Taqdimotda integratsiyalaşgan ta’lim dasturlarini keng joriy etişga alohida e’tibor qaratildi. Yangi yondaşuvga köra, talabalar «1+3», «2+2», «3+1» kabi modellar asosida öqişning bir qismini Özbekistonda, qolganini esa xorijiy hamkor universitetlarda davom ettirişi mumkin böladi. Bu esa xorijda ta’lim oliş va yaşaş xarajatlarini bir neça barobarga qisqartiriş imkonini beradi.

Şuningdek, Toşkent arxitektura-quriliş universiteti tarkibida Integratsiyalaşgan dasturlar oliy maktabini taşkil etiş, keyinçalik unda Buyuk Britaniyaning Nortumbriya va Hartfordşir universitetlari, şuningdek, boşqa nufuzli xorijiy oliygohlar dasturlarini joriy etiş taklif qilindi.

Taqdimotda yana bir muhim taşabbus — Toşkent xalqaro universitetlar şaharçasini taşkil etiş masalasi ham muhokama qilindi. Unda dunyoning yetakçi universitetlari filiallarini jalb qiliş, zamonaviy kampuslar va talabalar turar joylarini barpo etiş, xorijiy oliygohlar uçun litsenziyalaş tartibini soddalaştiriş hamda grant va soliq imtiyozlarini joriy etiş rejalaştirilgan.