Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq bankining xalqaro reytingi oshdi
Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining keyingi yillarda erishayotgan moliyaviy barqarorlik va yuqori o‘sish sur'atlari xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan ham yuksak baholanmoqda.
Jumladan, jahonning eng nufuzli Xalqaro reyting kompaniyaci – “Standard & Poors” agentligi tomonidan o‘tgan yili Xalq bankining faoliyati V/V, BARQAROR reytingi bilan baholangan bo‘lsa, shu yilning iyul oyida bankning kredit reytingi yana bir pog‘onaga oshib, V+/V BARQAROR darajasida tasdiqladi.

Albatta, Xalq bankining xalqaro miqyosda e'tirof etilishida bankni davlat va hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlar berilishining ahamiyati katta bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-2019 yillarda Xalq banki ustav kapitalini 1,6 trillion so‘mga oshirish ko‘zda tutilgani fikrimiz isbotidir.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:53 / 27.02.2026
DXX Xalq banki xodimi ushlanganini aytdi. Bank buni rasman inkor etdi
19:00 / 29.12.2025
"xazna" obunachilari 10 milliondan oshdi: foydalanuvchilar nima uchun bu ilovani tanlamoqda?
23:00 / 12.12.2025
Xalq bankida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
18:53 / 12.08.2025