Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internet tezligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingi tuzildi - O‘zbekiston so‘nggi o‘rinlardan birida
Britaniyaning Cable sayti keng polosali internet tezligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingini tuzib chiqdi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Singapur egalladi. Bu mamlakatda internet tezligi sekundiga 60 megabitni tashkil qilgan.
Cable sayti mutaxassislari 12 oy davomida 200ta mamlakat bo‘yicha ma'lumot to‘plashgan. Bunda, mamlakatda mavjud bo‘lgan internetning o‘rtacha tezligida HD sifatli va 5Gb o‘lchamga ega videoni yuklab olishga qancha vaqt sarflanishi hisoblab ko‘rilgan. Xususan Singapurda bu ko‘rsatkich 11 daqiqani tashkil qilgan.
Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinni Shvetsiya va Daniya egalladi. Bu mamlakatlarda internet tezligi mos ravishda 46 va 43 Mb/s.ni tashkil qiladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichga Latviya erishgan - 28 Mb/s. Bu mamlakat dunyo reytingida 13-o‘rinda boryapti.
O‘zbekiston ro‘yxatning 184-pog‘onasidan joy olgan. Bizda internet tezligi o‘rtacha 1,02 Mb/s, ya'ni HD sifatdagi va 5Gb o‘lchamga ega videoni yuklab olish uchun 11 soatdan ortiq vaqt sarflanadi.
Taqqoslaydigan bo‘lsak, reytingda Rossiya 47-o‘rinda (13 Mb/s), Qozog‘iston 95-o‘rinda (4,4 Mb/s), Qirg‘iziston 163-o‘rinda (1,52 Mb/s), Tojikiston 188-o‘rinda (0,94 Mb/s), Turkmaniston 198-o‘rinda (0,56 Mb/s) boryapti.
Mavzuga oid
08:50 / 15.07.2026
Dunyoda yashash uchun eng qulay davlatlar reytingi ma’lum bo‘ldi
08:46 / 14.07.2026
Dunyoda eng ko‘p tankka ega davlatlar ma’lum qilindi
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026