Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev va Rahmon Toshkentdagi Tojikiston sanoati yutuqlari ko‘rgazmasiga tashrif buyuradi
Toshkentda 16-17 avgust kunlari «Tojikistonda ishlab chiqarilgan» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda respublika sanoatining yutuqlari namoyish etiladi. 17 avgust kuni ko‘rgazmaga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda «ASIA-Plus».
Toshkentda Tojikistonning sanoat qudratini namoyish etilayotgan paytda Rahmon birinchi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Toshkentdagi «Tojikistonda ishlab chiqarilgan» ko‘rgazmasida import o‘rnini bosuvchi eksport mahsuloti va Tojikistonning 50dan ortiq korxona hamda kompaniyalari tovarlari namoyish etiladi. Xususan, to‘qimachilik mahsulotlari, turli xil asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, charm mahsulotlari, qurilish materiallari, alyuminiy, plastmassa buyumlar, matolar, kiyim-kechak, poyafzal, zargarlik buyumlari, hunarmandchilik mahsulotlari va boshqalar.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026