Jahon | 16:22 / 31.07.2018
5986
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Qozog‘iston ko‘mir eksporti borasida kelisha olmadi 

Foto: Denis Petrov/RIA «Novosti»

Rossiya va Qozog‘iston qozoq ko‘mirini Rossiya portlari orqali ustuvor eksporti bo‘yicha kelishuvga erishmaydi. Bu haqda «Kommersant'» manbaga asosan xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Qozog‘iston tomonini ushbu hujjat Rossiya ko‘mir sanoatiga zarar yetkazishiga ishontira olgan.

Rossiya Transport vazirligidan ta'kidlashlaricha, Qozog‘istondan bo‘lgan yetkazib beruvchilar nodiskriminatsion kirish imkoniyatiga ega va kelishuvga erishilsa, Rossiya kompaniyalarining manfaatlariga zarar yetishi mumkin.

Qozog‘iston Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi, shuningdek, Qozog‘iston kon-metallurgiya korxonalari uyushmasi bu borada izoh berishdan bosh tortdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid