Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaning 19 kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qiladi
Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlar masalalari bo‘yicha vazirligi Rossiyaning 19 kompaniyasi va 22 nafar jismoniy shaxsiga qarshi sanksiyalar qo‘llash taklifini berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Vaqtincha bosib olingan hududlar masalalari bo‘yicha vazirlik 19ta yuridik shaxs va 22 nafar jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar qo‘llash masalasini ilgari surdi. Ular Kerch ko‘prigini noqonuniy qurish jarayoniga jalb qilingan yuridik shaxslarning rahbarlari ta'sischilari sanaladi», - deya ma'lum qilishgan vazirlikdan.
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur farmoyish loyihasi markaziy ijro etuvchi hokimiyat organlari va maxsus huquqni muhofaza qilish idoralari bilan muvofiqlashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:45 / 17.06.2026