Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahonning eng romantik maskanlari reytingi e'lon qilindi
Britaniyaning Mills & Boon nashri sayohat bo‘yicha yetakchi ekspertlar va ikki ming nafar sayyoh orasida dunyodagi eng romantik maskanlar borasida so‘rov o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
So‘rov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinda Parij, ikkinchi o‘rinda Gretsiyaning Santorini oroli va uchinchi o‘rinda Venetsiya joylashdi.
Yuqori o‘nlikka shuningdek, Amalfi (Italiya) va Bryugge (Belgiya) shaharlari, Maui, Bora-Bora, Gili va Serf orollari hamda Kirkyufetl (Islandiya) tog‘i kirdi.
Sankt–Peterburg o‘n birinchi o‘ringa joylashdi. Undan keyingi o‘rinlarni Toj Mahal (Hindiston) va Amsterdam (Niderlandiya) egalladi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026