00:30 / 01.08.2018
5464

Canon obektni 40 martagacha yaqinlashtiruvchi ixcham fotoapparatni taqdim etdi

Canon kompaniyasi o‘zining yangi fotoapparatini namoyish etdi. Kamera ixcham bo‘lib, unda selfi va 4K shakldagi video olish mumkin.

Foto: photoscala.de

Canon PowerShot SX740 HS 20,3 megapikselli CMOS-sensor, 40 martagacha yaqinlashtiruvchi obektiv hamda selfi olish uchun qulay bo‘lgan yuqoriga ko‘tariluvchi displey bilan jihozlangan.

Foto: photoscala.de


Kamera Wi-Fi va Bluetooth’ga ulanish imkoniyatiga ega. Bu esa uning iOS yoki Android qurilmalari bilan muntazam aloqada bo‘lishini, fotosuratlarga GPS koordinatalarini muhrlash imkonini ta'minlaydi.

Foto: photoscala.de

Canon PowerShot SX740 HS qora va kumushrang tusda chiqariladi. U avgust oyidan 400 dollar narxda sotuvga chiqadi.

Foto: photoscala.de
Foto: photoscala.de
Foto: photoscala.de

 

Mavzuga oid
Top