15:59 / 05.09.2018
5884

Canon o‘zining birinchi ko‘zgusiz professional fotokamerasini namoyish etdi

Yaponiyaning Canon kompaniyasi o‘zining EOS R deb nomlangan dastlabki ko‘zgusiz professional fotokamerasini namoyish etdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

30,3 megapiksel sensorli EOS R 2018 yil oktabri oxirida 237,5 ming iyen narx (2130 dollar atrofida) bilan sotuvga chiqadi.

Ko‘zgusiz kamerada obektivlar uchun Canon RX deb nomlanuvchi yangi uskunadan foydalaniladi. Canon shuningdek RX uchun to‘rtta: 24-105mm f/4L IS USM, 35mm f/1.8 IS STM Macro, 28-70mm f/2L USM va 50mm f/1.2 obektivlarini taqdim etdi.

Foto: Canon

Yaqin vaqtga qadar ko‘zgusiz professional fotoapparatlar ishlab chiqarish bilan faqatgina Sony shug‘ullanib kelardi. 2018 yil avgusti oxirida uning safiga Nikon ham qo‘shildi: kompaniya havaskorlar va professionallar uchun ko‘zgusiz kameralarni taqdim etdi.

Top