Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik harbiy mutaxassislarni tayyorlash markazining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
30 iyul kuni Mudofaa vazirligi qoshidagi Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida birinchi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi rahbariyati, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobulov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi Abdullo Aslanov ishtirok etdi.
Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz`ga ma'lum qilishicha, 3 oylik kurs davomida tahsil olgan kursantlarning 75 nafariga «Katta serjant», 73 nafariga «Serjant» harbiy unvonlari, shuningdek, 198 nafar bitiruvchiga malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.
Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining 2017 yil 12 dekabrdagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, u Qurolli Kuchlar qo‘shinlari tarkibiga kiruvchi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya qo‘shinlarining kichik komandirlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, mazkur farmon bilan Chirchiq, Samarqand, Qarshi, Urganch, Namangan shaharlarida joylashgan Mudofaa vazirligi tizimidagi serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini to‘xtatildi.
Markaz Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘rnida tashkil etilgan.
Avvalgi serjantlar tayyorlash maktablarida asosiy e'tibor kichik komandirlar tayyorlashga qaratilgan bo‘lsa, bu yerda ushbu vazifa bilan birga, serjantlar malakasini oshirish ham yo‘lga qo‘yilgan. Ya'ni markazda mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik kursi, serjantlar tarkibini tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etilgan.
Markazda alohida muhandislik, aloqa, zirhli tank xizmati, artilleriya, quruqlikdagi qo‘shinlar va havo hujumidan mudofaa singari 11 mutaxassislik bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
22:20 / 15.01.2026
Navoiyda 5-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
13:32 / 14.01.2026
Xorijiy til o‘qituvchilariga sertifikat olish uchun qo‘shimcha vaqt berilmoqda
18:36 / 13.01.2026