Avgustning birinçi haftasi Jahon kökrak suti bilan oziqlantiriş haftaligi sifatida 170dan ortiq mamlakatda, jumladan Özbekistonda ham nişonlanadi. Haftalikning bu yilgi mavzusi – «Kökrak suti bilan oziqlantiriş: hayot poydevori».

Kökrak suti bilan oziqlantiriş har bir bolaning hayoti adolatli boşlanişining kafolatidir. Uşbu ijobiy amaliyot ham qisqa, ham uzoq muddatli davrda çaqaloqlar va bolalarning, şuningdek onalarning ham salomatligi, rivojlanişi va farovonligini yaxşilaydi.

Kökrak suti bilan oziqlantiriş bolalar ölimi körsatkiçini pasaytiradi hamda katta bölganda ham soğlom bölişga yordam beradi. Bola hayotining dastlabki 6 oyida uni faqat ona suti bilan boqiş, keyinçalik esa u 2 yoş bölguniga qadar va undan keyin ham emizişni davom ettirib, tegişli qöşimça ozuqa beriş tavsiya qilinadi.

Gödaklarni kökrak suti bilan oziqlantiriş ular uçun ham, emizikli onalar uçun ham kognitiv va tibbiy afzalliklarga ega ekanligi isbotlangan. Dunyo miqyosida çaqaloqlar ölimining asosiy sababi bölgan diareya va pnevmoniya kasalliklarining oldini olişga yordam berişi tufayli bu bola hayotining dastlabki 6 oyida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ona suti bola uçun birinçi vaksina vazifasini bajaradi. U bola jismida qon plazmasining oqsil birikmalarini yuzaga keltiradi. Kökrak suti gödakni yaxşi oziqlantiriş asosidir. Tavsiya qilingan emlaş kalendariga muvofiq bolani vaqtida emlatiş bilan bir qatorda kökrak suti bilan oziqlantiriş uni kasalliklardan himoya qilişning samarali vositasi bölib hisoblanadi.

Uşbu ijobiy amaliyot milliy iqtisodiyotning rivojlanişiga ham hissa qöşadi. Uning onalar va bolalar uçun afzalliklari mamlakatning soğliqni saqlaş sohasidagi xarajatlarni kamaytiradi hamda kelgusida mehnatga layoqatli soğlom işçi kuçining şakllanişiga yordam beradi. Kökrak suti bilan oziqlantirişni qöllab-quvatlaşga sarflangan har bir AQŞ dollarining iqtisodiy samarasi 35 AQŞ dollariga teng.  

Rasmiy ma'lumotlarga köra, 2017 yilda Özbekistonda 6 oygaça bölgan bolalarni istisnosiz kökrak suti bilan oziqlantiriş körsatkiçi 61,76 foizni taşkil etgan. Eng yuqori körsatkiçlar Buxoro viloyatida va Qoraqalpoğistonda kuzatilib, tegişli ravişda 91 foiz va 88,54 foiz bölgan. Eng past körsatkiç Toşkentda kuzatilgan – 41,83 foiz.

YUNISEF Özbekiston Hukumatiga ayollar va bolalar oziqlanişini yanada yaxşilaş borasida kömak bermoqda. 2017 yilda Soğliqni saqlaş vazirligi va YUNISEF tarixda birinçi bor oziqlaniş sohasida milliy tadqiqot ötkazdi. Bu mikroelementlar yetişmovçiligi, reproduktiv yoşdagi ayollar, emizikli va kiçik yoşdagi bolalarning oziqlaniş amaliyoti böyiça ma'lumotlarni yiğiş va tahlil qiliş imkonini berdi. Mazkur ma'lumotlardan aholining, jumladan uning eng ehtiyojli qatlamlarining oziqlaniş darajasini yaxşilaş böyiça asoslangan qarorlar qabul qilişda foydalaniladi.