Jahon | 07:58 / 01.08.2018
3677
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: Especial

Meksikadagi Durango shtatida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Sol de Mexico nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, avtohalokat Durango shtatidagi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Syudad-Xuares shahridan Masatlanga yo‘l olgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi.

Hozirgi paytda hodisa yuz bergan joylarda tezkor xizmatlar xodimlari ishlamoqda. Politsiya ro‘y bergan voqeaning tafsilotlarini aniqlashtiryapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid