Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. U IShID jangarilari uchun pul yig‘ishda ayblanmoqda
Foto: Sputnik
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi IShID terrorchilik guruhining jangarilarini moliyalashtirishda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi shahar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bergan.
1979 yilda tug‘ilgan ayolga nisbatan RF Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismida nazarda tutilgan jinoyat belgilari sababli jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tergov ma'lumotiga ko‘ra, ayblanuvchi 2016 yil iyunidan 2017 yil oktabriga qadar, Sankt-Peterburg hududida bo‘lib turgan holda, IShID xalqaro terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirgan turli shaxslardan pul mablag‘lari olgan. Ularni tashkilot faoliyatini moliyalashtirish va undan keyinchalik foydalanish uchun o‘zining hisob raqamidan Turkiya Respublikasiga o‘tkazgan.
Umuman olganda, ayblanuvchi jami bir million rublga yaqin pul jo‘natgan.
Ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash, shuningdek, jinoyatda ishtirok etgan boshqa shaxslarni fosh etish uchun qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
21:28 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
17:48 / 22.12.2025