Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 tonna shaftoli Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi
Chelyabinsk viloyatiga zararkunandalar aniqlangan 20 tonna nektarinni olib kirish taqiqlandi.
"Rosselxoznadzor"ning Chelyabinsk bo‘limi boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 20 tonna nektarin Rossiya viloyatiga O‘zbekistondan bozorlar va savdo tarmoqlarida sotish uchun yo‘llangan.
Yuqorida nomi qayd etilgan idora mutaxassislari mahsulotlarga zarar yetganini aniqlashgan.
Manbada ta'kidlanishicha, ekspertlar mevalardan kapalak qurtini topishgan. Zararkunandaning mintaqa hududida tarqalishi oldini olish uchun nektarinlar yuklangan avtomobil O‘zbekistonga yetkazib beruvchiga qaytarildi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026