Davlat investitsiya qo‘mitasi 24,8 mlrd dollarlik loyihalar haqida hisobot berdi
Xorijiy sarmoyachilar bilan hamkorlikda 24,8 milliard dollarlik 243 loyiha ishlab chiqildi, deya xabar berildi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida.
Qo‘mita tomonidan sakkiz yirik investitsion tadbir tashkillashtirilgan bo‘lib, ularning doirasida 24,8 milliard dollarlik investitsion hamkorlikka doir 243 loyihani birgalikda amalga oshirish masalalari muvofiqlashtirilgan, 10 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ham shular jumlasidandir.
Shuningdek, qo‘mita umumiy miqdori 7,7 milliard dollar bo‘lgan sarmoyaviy, moliyaviy-texnik, bank va savdo sohalariga oid 53 kelishuv haqida hisobot berdi.
2018 yilning ikkinchi yarim yilligi uchun 31 tadbirni tashkil qilish va o‘tkazish masalalari ishlab chiqilmoqda, shulardan 14 tasi O‘zbekistonda va 17 tasini xorijda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:02 / 26.08.2024
AQSh politsiyasi jinoyatlarga oid hisobotlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi
10:30 / 16.08.2024