Özbekistonda investitsiya platformalari faoliyatini tartibga soluvçi maxsus huquqiy tizim joriy etildi. Fixygen naşrida qayd etilişiça, mazkur rejim doirasida uluşli investitsiyalar, şeriklik loyihalari, vençur hamda pay loyihalari kabi investitsiyaning elektron şakllari yölga qöyildi. Muhim jihati — bunday investitsiyalar klassik fond bozoridan farqli ravişda qimmatli qoğozlar çiqariş va investitsiya vositaçilarining majburiy iştirokini talab etmaydi.
Qoidalarga köra, maxsus huquqiy rejim iştirokçilari sifatida faqat Özbekiston rezidenti bölgan yuridik şaxslar — investitsiya platformasi operatorlari faoliyat yuritişi mumkin. Talablarda platformalar investitsiya takliflarining şaffofligini ta’minlaşi, şartnomalarni elektron şaklda tuzişi va barça hisob-kitoblarni faqat nominal yoki eskrou hisobvaraqlar orqali amalga oşirişi şartligi belgilangan.
Şuningdek, tizimda investorlar huquqlarini himoya qiliş, şuningdek AML/SFT (pul yuviş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraş) talablariga rioya etiş böyiça qat’iy mexanizmlar joriy etilişi nazarda tutilgan.
Mazkur yangilik biznes uçun moliya manbalarini diversifikatsiya qiliş, xususiy va xorijiy investorlarning iqtisodiy loyihalardagi iştirokini kengaytiriş imkonini beradi. Investitsiya jarayonlarining raqamli kanallarga ötişi esa şaffoflikni oşirib, tadbirkorlar va investorlar örtasidagi işonçni mustahkamlaşi kutilmoqda.













