Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l qurilishi sohasidagi moliyalashtirilmagan loyihalarni Innovatsiya vazirligi ko‘rib chiqadi
Innovatsion rivojlanish vazirligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasida mamlakatimizning shahar va hududlarida transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki idora yig‘ilishida atoqli olimlar, sohaning ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar.
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining 2019-2021 yillar va 2030 yillargacha bo‘lgan transport infratuzilmasi rivojlanishining uzoq muddatli va qisqa muddatli strategiyasini hamkorlikda ishlab chiqishning boshlanishiga xizmat qildi.
Uchrashuvning yana bir muhim jihati shundan iborat bo‘ldiki, yo‘l qurilishi sohasidagi avvallari moliyalashtirish va amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga kelishildi.
Mavzuga oid
16:18 / 04.03.2026
Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
20:51 / 02.05.2025
Hududlarda 24 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi belgilandi
09:53 / 13.04.2022
Innovatsiya vazirligi hukumatda Sardor Umrzoqov rahbarlik qilayotgan tizimga o‘tkazildi
13:49 / 26.11.2021