Hukumatning “Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim tarkibiy bölinmalari tuzilmalarini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda aytilişiça, Özbekiston prezidenti rahbarligida 2022 yil 11 mart kuni ötkazilgan sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişining 23-son bayonida Innovatsion rivojlaniş vazirligini boş vazirning investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov rahbarlik qilayotgan tizimga ötkaziş nazarda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasi apparatining Investitsiyalar, eksportni qöllab-quvvatlaş va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatiga IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamentidan Innovatsion faoliyatni rivojlantiriş va ilmiy tadqiqotlar natijalarini işlab çiqarişga joriy etiş masalalari böyiça boş mutaxassis ştat birligi ötkazilgan.
Hukumatda Investitsiyalar, eksportni qöllab-quvvatlaş va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatiga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari va boşqa taşkilotlar, şuningdek, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari röyxati quyidagiça köriniş oldi:
- Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi;
- Taşqi işlar vazirligi;
- Innovatsion rivojlaniş vazirligi;
- Transport vazirligi - investitsiya, eksport va logistika masalalari yuzasidan;
- Moliya vazirligi - investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar yuzasidan;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi - investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar yuzasidan;
- Quriliş vazirligi - investitsiya loyihalari ekspertizasi masalalari yuzasidan;
- Davlat bojxona qömitasi - eksportni qöllab-quvvatlaş va importni optimallaştiriş yuzasidan;
- Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi - importni nazorat qiliş va taşqi savdo masalalari yuzasidan;
- Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi — importni nazorat qiliş va taşqi savdo masalalari yuzasidan;
- Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi;
- “Öztreyd” AJ;
- “Özbekekspertiza” AJ;
- “Özsanoateksport” AJ;
- “Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ;













