Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorga tegmang. Lekin kontrafakt nima bo‘ladi?!

Iyul-avgust oylarida barcha joylarda maktab bozorlari tashkil etilib, ularda daftar va kitob savdosi chaqqonlashadi. Mo‘may daromad ilinjida yurgan ayrim shovvoz tadbirkorlarning shu paytga kelib «kuni tug‘adi». «Davring keldi sur begim» degan matalni dastak qilib «otini qamchilaydi». Qaysi bir yerto‘lalarda bekinib olib kontrafakt mahsulotlar tayyorlashga kirishadi, turli aylanma yo‘llar bilan bojxonachilar ko‘zini shamg‘alat qilib, ta'lim standartlariga mos kelmaydigan matbaa mahsulotlari bilan bozorlarni to‘ldiradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi.
Natijada chizsang yirtilib, bo‘yasang ranglari chaplashib ketadigan rasm daftarlari, katak va yozuvlarini ko‘z bazo‘r ilg‘aydigan, muqovasida milliy ma'naviyatimizga mutlaqo zid turli suratlar aks etgan daftarlar o‘quvchilar sumkasidan joy oladi.
Xorijiy multfilmlar va ertak qahramonlari aks etgan, behayolik, «ommaviy madaniyat» targ‘ib etilgan rasm daftarlari (raskraskalar) esa farzandlarimizni «tarbiyalay» boshlaydi.
Birinchidan, bu soxta tadbirkorlar «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi, «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Davlat ramzlari to‘g‘risida»gi qonunlar, davlat standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni oyoqosti qilayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, qoida bo‘yicha halol ishlayotgan, soliq va majburiy to‘lovlarni vijdonan to‘layotgan tadbirkorlarning manfaatiga, eng muhimi, jondan aziz bo‘lgan farzandlarimizning sog‘lig‘iga ziyon yetkazyapti.



Ularni sotib olayotgan bizlar-chi? Soxta «tadbirkorlar»ning gullab-yashnashiga, qing‘ir ishlarini rag‘batlantirishga hissa qo‘shmayapmizmi?! Nazarimizda, har bir ota-ona bugun ana shu savollarni bir marta bo‘lsa-da, dilidan o‘tkazishi kerak.
Aytish kerakki, bugun tadbirkorlik — davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezident tomonidan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Ularning faoliyatiga aralashish, turli tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlangan. Ammo bu ishonch, imkoniyat va imtiyozlar istagan narsani amalga oshirish, amaldagi qonunlarni oyoqosti qilish mumkin degani emas-ku! Ular o‘zlarining nomaqbul faoliyatini tadbirkorlik deya xaspo‘shlashga haqqi bormi?
Ayrim «tadbirkor»lar esa darsliklarni noqonuniy chop etib, sotuvga qo‘yishmoqda. Bu, o‘z navbatida, bilim olish sifatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. O‘quv darsligi sifatida taqdim etilgan kitoblar haddan tashqari kichik formatda, imloviy va uslubiy xatolar bilan, sifatsiz qog‘ozlarda chop etilmoqda.


Shu bois, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, «O‘zstandart» agentligi, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va boshqa tashkilotlarni hamda jamoatchilikni mazkur muammoni bartaraf etishda hamkorlikka chorlamoqda. Amaldagi qonun hujjatlariga chap berayotgan bu kabi «tadbirkor»lar faoliyatini tartibga solish, ularga nisbatan keskin ta'sir choralarini qo‘llash kechiktirib bo‘lmas vazifa. Zero, ushbu muammo bevosita kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlod taqdiri, uning ertangi kuni bilan bevosita bog‘liq, deyiladi Matbuot va axborot agentligi murojaatida.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

10:52 / 30.05.2025
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

16:06 / 30.04.2025