Afg‘onistondagi masjidda portlash, kamida 25 kishi halok bo‘lgan
Afg‘onistonning sharqidagi Gardez shahrida joylashgan masjidda juma namozi vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters politsiya ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Portlash terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan. Mahalliy rasmiylar ma'lumotiga ko‘ra, u masjid juma namoziga yig‘ilganlar bilan to‘la bo‘lgan paytda yon tomondagi eshikdan kirib olgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 23 iyul kuni Kobul aeroportidagi portlash natijasida 14 kishi halok bo‘ldi va yana 60 inson jarohat oldi.
Portlash aeroportga kirish qismida yuz berdi. Hujumdan biroz avval Afg‘oniston birinchi vitse-prezidenti Abdul Rashid Do‘stum Kobulga kelgandi, biroq uni konvoyi aeroportni portlashga qadar tark etgan.
Hodisa uchun mas'uliyatni IShID guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024