Imtihonlarning birinçi kunidanoq, “uddaburon” abituriyentlarning ayrim xatti-harakatlari huquq-tartibot idoralari xodimlarining e'tiborini tortdi.
179 nafar abituriyent test sinovlari ötkazilişi rejalaştirilgan hududga telefon va şpargalkalar olib kirişga uringanligi uçun, 76 nafari esa bino içida şpargalkadan foydalangani tufayli test sinovlaridan çetlaştirildi. Xullas, bir kunda 255 nafar yigit-qiz özlarining qinğir işlari oqibatida şu yil talaba böliş imkoniyatidan mahrum bölişdi.
Abituriyentlarning imtihon jarayonida foydalanmoqçi bölgan qurilmalari bu yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” ekanligini yana bir bor yodimizga solib qöydi. Zamonaviy quloqçinlardan foydalanmoqçi bölgan abituriyentlar kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.
Özbekiston Respublikasi Boş Prokuraturasining ma'lumotiga köra, tekşiruv ötkaziş mobaynida pasport soxtalaştirgan şaxslar ham aniqlangan. 24 yoşli J.F. bir emas, 3ta oliygohga qalbaki hujjat topşirib, pul işlab olişni niyat qilgandi.
“Asl pasport egasining yuziga moslab, dazmoldan foydalangan holda öz suratimni joylaştirdim. Bu hujjatlar imtihonga qadar tayyorlab qöyilgandi. Nazorat kuçli bölişiga qaramay, yettita tekşiruvdan öta oldim. Har tomonni öylaş zarur edi. Mabodo qölga tuşib qolsam menga tegişli bölgan buyumlar musodara bölib ketmasligi uçun, hammasini bozorga olib çiqib, sotib yubordim”, deydi noqonuniy xatti-harakatlar bilan qölga tuşgan soxta abituriyent.
Ma'lumot uçun, soxta abituriyent avval ham firibgarlik qilgani uçun 2 marotaba sudlangan.
U 15 million evaziga fuqaro U.U.ni öqişga kiritib qöyişga va'da bergandi. Soxta abituriyent S.F. va uning şeriklariga Jinoyat kodeksining 228 moddasi 2 qism “b” bandi va 3 qismi, 211 moddasining 1 qismi bilan jinoiy iş qözğatilgan.













