Jahon | 22:39 / 04.08.2018
7624
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya partiyasi qamoqda o‘tirgan sobiq prezidentni prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatdi 

Foto: AP / Nelson Antoine

Braziliya mehnat partiyasi San-Pauluda o‘tadigan s'yezdida qamoqda jazo o‘tayotgan sobiq prezident Luis Inasiu Lula da Silvani oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida  davlat rahbarligiga nomzod etib ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

"Lula nomzod bo‘lishi mumkin", — deyiladi partiyaning Twitter sahifasidagi murojaatida.

Yana bir xabarda esa partiya Lula jazo o‘tayotgan bo‘lsa-da, nomzod bo‘lib qolishini ta'kidlagan.

Endi Lula 15 avgustga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim. Xalq harakatlari birlashmasi vakili Raymundo Bonfim o‘sha kuni minglab braziliyaliklar Lula nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun poytaxt ko‘chalariga chiqishiga va'da berdi.

Qonunga ko‘ra, mahbus nomzod bo‘la olmaydi. Ammo sobiq prezidentning o‘zi may oyidayoq qamoqda bo‘lishiga qaramay saylovlarda nomzodini qo‘yishini tasdiqlagandi. Lula korrupsiya ishi bo‘yicha chiqarilgan qamoq jazosini o‘tash uchun aprelda Kuritiba shahridagi qamoqxonaga keltirilgandi. U yanvarda 12 yilu bir oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Mavzuga oid