Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi mahallalarda “Tadbirkorlik markazlari” tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi mahallalarda “Tadbirkorlik markazlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, prezidentning 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish belgilangan.
Toshkent shahar hokimligi, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining tajriba tariqasida Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida Tadbirkorlik markazlari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Qayd etilishicha, markazlar biznes-inkubator shaklida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi;
Markazlarga fuqarolar yig‘inining raislari rahbarlik qiladi hamda Markazlar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Markazlar faoliyatiga zarur hollarda tegishli hududdagi tajribali tadbirkorlar, hunarmandlar, namunali oila boshliqlari va fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari jalb qilinishi mumkin.
Markazlarning asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilanadi:
har bir mahalla xonadonlarini uyma-uy yurib o‘rganish va uning asosida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ularga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlari uchun ko‘maklashish va markazga keng jalb qilish;
fuqarolarning o‘z bizneslarini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalari, jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa tortishning turli rejimlarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, biznes yuritishning huquqiy asoslari, moliyaviy menejment va buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
zarur bo‘lgan hollarda, yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlar “oyoqqa turib olgunga qadar” ularga Markazlar (biznes-inkubator) binosidan, shu jumladan yoshlar tadbirkorlik klasterlari binolaridan belgilangan tartibda joy ajratib berish uchun ko‘mak berish;
tadbirkorlarga, shuningdek tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholiga o‘z bizneslarini tashkil etishda biznes-rejalar ishlab chiqish, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, soliqqa tortish, ishchilar yollash, statistika, moliya, soliq va boshqa hisobotlarni topshirish, bank xizmatlari, bino va joylarni ijaraga olish, davlat mulki obektlarini “nol” qiymatida xarid qilish bo‘yicha maslahat yordami ko‘rsatish va amaliy ko‘mak berish;
tadbirkorlik sub'yektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishda hamda minitexnologiyalar va uskunalarni sotib olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish;
mahalla yoshlarining, avvalo oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilish va yuritishga ko‘maklashish;
mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari haqida ma'lumot berish;
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarga bank, lizing, sug‘urta, auditorlik, konsalting, buxgalteriya, baholash, rieltorlik va bozor infratuzilmasi sub'yektlarining boshqa xizmatlari haqida axborot berish;
aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq o‘zining buzilgan huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli davlat organlariga murojaat etishda maslahatlar berish hamda aholini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga ko‘maklashish.
Yangi qaror: O‘zbekistonda «Business city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlari quriladi
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026