Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada yana yer qimirlashi kuzatildi. Endi sunami ham kutilmoqda
Indoneziyaning Bali va Lombok kabi kurort orollarida 5 avgust kuni 7 magnitudadagi yer silkinishi kuzatilgan. Bu holat orollarda dam oluvchilar orasida sarosimani keltirib chiqarmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, quyosh botgandan so‘ng yuz bergan yer qimirlashida jabrlanganlar haqida rasmiy ma'lumot haligacha taqdim etilmagan.
AQSh Geologiya tadqiqotlar markazi tarqatgan xabarga ko‘ra, yer silkinishi Lombokning ichki 10 km maydoniga qadar faollashgan. Aynan shu orolda yuz bergan yer qimirlashi oqibatida o‘tgan hafta 14 kishi halok bo‘lgani haqida aytilgandi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, Bali va Lambokdagi xalqaro aeroportlar o‘z faoliyatini to‘xtatmagan.
Biroz soniyadan o‘tgach, silkinishi Balida ham kuzatilgan. Mamlakat favqulodda vaziyatlar agentligi kishilardan dengiz qirg‘og‘idan uzoqroqda bo‘lishni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Lombok orolida Rinjani vulqoni yaqinida yakshanba kuni 6,4 balli zilzila yuz bergandi.
Mavzuga oid
08:02 / 11.04.2026
Kosmosdan tarixiy kuzatuv: sunami paydo bo‘lishi ilk bor muhrlandi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026