Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlarining to‘rtinchi kuni natijalari ma'lum. Eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘onada qayd etilgan
Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining to‘rtinchi kuni – 4 avgust natijalari ma'lum bo‘ldi.
Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda, 15ta oliy ta'lim muassasalarining 80ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.
Test sinovlarida 56 966 nafar abituriyent ishtirok etdi.
Test sinovlariga 1 369 nafar abituriyent kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 73 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 419 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.
Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish balli: 175,8 ball, Farg‘ona politexnika institutining «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)» ta'lim yo‘nalishi;
To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 147,6 ball, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining «Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili» ta'lim yo‘nalishi.
O‘rtacha o‘tish bali:
davlat granti – 97,9 ball;
to‘lov-kontrakt – 80,5 ball.
Test sinovlari natijalari Davlat test markazi saytida soat 19.15da e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?
13:15 / 26.09.2023
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?
11:46 / 31.07.2022
Ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda nazorat qilinadi
11:29 / 11.08.2021