AQSh korporatsiyasi O‘zbekiston bilan neft va gaz sohasida hamkorlik qilishga shay
6 avgust kuni “O‘zbekneftgaz” AJ binosida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.Sultonovning dunyoga mashhur Halliburton kompaniyasining sharqiy yarimshar bo‘yicha prezidenti Jo Reyni bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Halliburton kompaniyasi prezidentining ta'kidlashicha, u O‘zbekiston Respublikasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni diqqat bilan kuzatib kelmoqda.
Reyning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yillar davomida mamlakat bozoriga kirishga harakat qilgan, biroq doim biror sabab bo‘lib rejalar amalga oshmagan, lekin hozirgi kunda kompaniya O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlaring bir bo‘lagiga aylanishiga umidvor.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etdilar va unga ko‘ra quyidagi kelishuvlarga erishdilar:
• Halliburton kompaniyasi O‘zbekistonda doimiy ofisini ochadi;
• Past rentabelli quduqlardan suyuq uglevodorodlarni qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlik rejasini ishlab chiqish davom ettiriladi;
• Qo‘shma ishchi guruh tashqi bozorlardagi loyihalarda qo‘shma ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Uchrashuv yakunida, Reyni Halliburton kompaniyasi mamlakatimiz bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini, va shu maqsadda, kompaniyasining ilg‘or mutaxassislarini “O‘zbekneftgaz” AJ bilan yaqin hamkorlikka jalb qilish rejada ekanligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024