19:00 / 06.08.2018
4734

«Borussiya» Vitsel transferini e'lon qildi

Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» klubining belgiyalik yarimhimoyachisi Aksel Vitsel Dortmundning «Borussiya» klubi a'zosiga aylandi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, bugun futbolchi Shveytsariyaga yetib kelib, nemislar klubi safida mashg‘ulotlarga kirishgan.

29 yoshli futbolchi transferi uchun nemislar 20 million yevro to‘laydi. Rasmiy taqdimot 2 kun ichida bo‘lib o‘tadi.

Vitsel «Borussiya» bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi va yiliga 10 million yevro miqdorida maosh oladi.

Vitsel o‘z faoliyatida 2012-2017 yillar davomida «Standard», «Benfika» va «Zenit» kabi klublarda ham to‘p surgan.

Mavzuga oid
Top