O‘zbekiston | 17:43 / 06.08.2018
4979
10 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan filmlar olish tartibi soddalashtirildi

Foto: depositphotos

Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino- va videotasvirga olish tartibi to‘g‘risida» 2012 yil 12 iyundagi 169-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

1. Qarorning nomi, muqaddima va 1–3-bandlardan «badiiy» so‘zi chiqarib tashlandi.

2. Ilovada:

a) ilovaning nomi va 1-banddan «badiiy» so‘zi chiqarib tashlandi;

b) 2-bandda:

birinchi xatboshidan «badiiy» so‘zi chiqarib tashlandi;

ikkinchi xatboshiga «Filmni ishlab chiqarish» so‘zlaridan keyin «O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va «O‘zbekkino» Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi» so‘zlari qo‘shildi;

v) 4-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilindi:

«film — original ssenariy yoki adabiy asarni ekranlashtirish asosida tasvirga olinadigan audiovizual asar (badiiy to‘liq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar va ijtimoiy videoroliklar)»;

to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«film ssenariysi — film epizodlaridagi ko‘rish va ovozli tasvirlar matnda ifoda etiladigan, film ishlab chiqarish talablariga muvofiq bo‘lgan filmni tasvirga olishning ijodiy va ishlab chiqarish-texnik loyihasi;

filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasi — filmni tasvirga olish jarayonida ishlarning barcha turlari bajarilishi muddatlarini aks ettiruvchi tasvirga olish guruhining ishlab chiqarish rejasi»;

sakkizinchi xatboshidagi «manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar vakillaridan, shuningdek jalb etilgan kinoshunoslar, kino tanqidchilari, san'atshunoslardan tashkil etilgan komissiya» so‘zlari «O‘zbekkino» Milliy agentligining xorijiy kinokompaniyalar murojaatlarini ko‘rib chiquvchi ishchi komissiyasi» so‘zlari bilan almashtirildi;

to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«kinematografiya tashkilotlari — asosiy faoliyat turi filmlarni ishlab chiqarish, prokat qilish va xorijiy kinokompaniyalar yoxud boshqa tashkilotlarga filmlarni kino va videotasvirga olish ishlarida tashkiliy, ishlab chiqarish, texnik va texnologik xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan Agentlik tizimidagi va kinematografiya yo‘nalishidagi boshqa yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchining vakili deb ataladi).

Kinematografiya tashkilotlari tomonidan xorijiy kinokompaniyalar yoxud boshqa tashkilotlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi»;

g) 5-bandda:

birinchi xatboshidan «O‘zbekiston Respublikasi hududida suratga olish ishlari boshlanishidan kamida ikki oy oldin» so‘zlari chiqarib tashlandi;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilindi:

«O‘zbekiston Respublikasi hududida tasvirga olish rejalashtirilayotgan film ssenariysining davlat tilidagi yoki rus tilidagi bosma (yoki elektron) varianti»;

to‘rtinchi xatboshidagi «ishlarni tashkil etishning film olish taqvim» so‘zlari «filmni tasvirga olish kalendar-postanovka» so‘zlari bilan almashtirildi;

beshinchi xatboshidagi «mahalliy tashkilot» so‘zlari «kinematografiya tashkiloti» so‘zlari bilan almashtirildi;

oltinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

sakkizinchi xatboshidagi «tomonidan Agentlikka bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali» so‘zlari «yoxud ariza beruvchining vakili tomonidan Agentlikka bevosita, pochta xizmati vositasida yoxud Internet jahon axborot tarmog‘i orqali elektron shaklda» so‘zlari bilan almashtirildi;

to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

yettinchi, sakkizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishlicha oltinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblandi;

d) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«6. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni ariza qabul qilingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida ariza beruvchini ikki kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.

7. Agentlik ariza beruvchi yoki ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni Agentlik huzuridagi ekspert kengashning tegishli xulosasi asosida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi»;

ye) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;

j) 9-bandda:

«a» kichik bandda:

birinchi xatboshidagi «rejissyor» so‘zi «film» so‘zi bilan almashtirildi;

beshinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblanadi;

«b» kichik bandga «ariza beruvchi» so‘zlaridan keyin «yoki ariza beruvchining vakili» so‘zlari qo‘shildi;

«g» kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;

z) 10-bandning ikkinchi xatboshidagi «uch kun» so‘zi «bir ish kuni» so‘zi bilan almashtirildi;

i) 12-bandda:

birinchi xatboshidagi «o‘n» so‘zi «besh» so‘zi bilan almashtirildi;

ikkinchi xatboshidagi «besh» so‘zi «ikki» so‘zi bilan almashtirildi;

uchinchi xatboshidagi «to‘rt» so‘zi «bir» so‘zi bilan almashtirildi;

k) 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilindi:

«13. Ruxsatnoma filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasida ko‘rsatilgan muddatga beriladi. Agentlik bilan kelishilgan filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasi ruxsatnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

14. Agar tasvirga olish jarayoni davomida ariza beruvchida filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasiga yoki kino va videotasvirga olish joylariga o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati yuzaga kelsa (kelishilgan film ssenariysi mazmuniga o‘zgartirish kiritmasdan), u holda xorijiy kinokompaniya yoki u vakil qilgan kinematografiya tashkilotining arizasi bo‘yicha Agentlik bir haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda arizani ko‘rib chiqadi va mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha qaror chiqaradi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda kiritilgan o‘zgartirishlar ko‘rsatilgan holda qo‘shimcha ruxsatnoma beriladi»;

l) 15-bandda:

ikkinchi xatboshidagi «rejissyor» so‘zi «film» so‘zi bilan almashtirildi;

uchinchi xatboshidagi «film olish taqvim» so‘zlari «filmni tasvirga olish kalendar-postanovka» so‘zlari bilan almashtirildi;

to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«xorijiy kinokompaniya tashkiliy, ishlab chiqarish, texnik va texnologik xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kinematografiya tashkilotiga aloqasi bo‘lmagan yuridik shaxslar xizmatlaridan foydalangan»;

beshinchi xatboshidagi «Agentlikning ariza beruvchiga» so‘zlaridan keyin «yoki ariza beruvchining vakiliga» so‘zlari qo‘shildi;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«Xorijiy kinokompaniya yoki uning vakili tomonidan ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, Agentlik ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kunning o‘zida ruxsatnomaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishga majburdir»;

m) 16-bandning yettinchi xatboshidagi «uch kundan kechikmay yozma shaklda yetkaziladi» so‘zlari «bir sutka mobaynida yuboriladi» so‘zlari bilan almashtirildi;

n) 17-bandning uchinchi xatboshidagi «ariza beruvchi» so‘zlaridan keyin «yoki ariza beruvchining vakili» so‘zlari qo‘shildi;

o) 19-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;

p) 20-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«20. Ruxsatnoma berilganligi uchun ariza beruvchidan Agentlik hisob raqamiga Agentlik bilan kelishilgan filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasining tasvirga olish kunlari sonidan kelib chiqib har bir tasvirga olish kuni uchun qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdoriga teng summada milliy valyutada to‘lov undiriladi»;

r) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«21. Filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan Agentlik tomonidan qo‘shimcha ruxsatnoma berilgan taqdirda, kiritilgan o‘zgartirishlar hisobga olingan holda qo‘shilgan tasvirga olish kunlaridan kelib chiqib qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

Bunda, filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ariza beruvchiga tasvirga olish uchun sharoit yaratib beruvchi boshqa mahalliy tashkilotlar tomonidan harakat yoki harakatsizlik natijasida kiritilgan o‘zgartirishlar hisobga olingan holda qo‘shilgan tasvir kunlari bundan mustasno.

Agentlik tomonidan ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi»;

s) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi «Rejissyor» so‘zi «Film» so‘zi bilan almashtirildi.

Mavzuga oid