Ishi sudga oshirilgan o‘smirlar yana jinoyatga qo‘l urdi
Shu yilning 30 iyul kuni M.Jasur ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 28 iyul kuni kechki payt Yunusobod tumanida uning avtomashinasidan ichida plastik kartochkalari, guvohnomasi va pullari bo‘lgan sumkasini noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
28 iyul kuni Jasur mashinani bir chekkaga to‘xtatib undan tushib ketgan. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida esa uning 59 yoshli onasi B.Gulbahor o‘tirgan. Shu payt bir yigit mashina oldiga kelib, salonga mo‘ralaydi va oynadan qo‘lini tiqib sumkachani olib ketadi. Gulbahor buni darrov payqamadi, yigit nimanidir so‘ramoqchi bo‘lib kelyapti, deb o‘ylagan. Sumkani olib ketayotgan yigit nariroqda kutib turgan boshqa bir bolaning oldiga yetganda esa orqasidan baqirgan.
Yigitlar baqiriq ovozini eshitib, orqaga qarashadi, ular mashina ichida odam borligini sezishmagandi. Shundan so‘ng qo‘rqib ketib voqea joyidan qochib ketishgan. Jasur o‘sha kuni ham ertasiga ham ichki ishlarga bu haqda xabar bermadi. Lekin oradan ma'lum vaqt o‘tib, unga notanish ayol telefon qiladi va Gangadagi yer osti yo‘lagidagi chiqindi idishidan 3ta plastik bank plastik kartochkasini topib olganini aytadi. Shundan so‘nggina Jasur bu haqda ariza yozishga qaror qiladi. Jabrlanuvchining qayd etishicha, o‘g‘irlangan sumkachada guvohnoma va kartochkadan tashqari, 310 AQSh dollari, 300 ming so‘m, fleshka va ishxonasining kaliti bo‘lgan.
Kuzatuv kamerasi yordamida ichki ishlar xodimlari gumondorlarning shaxslarini aniqladilar.
Shu yilning 3 iyun kuni 16 yoshli A.Akbar va K.Husniddin hamda 17 yoshli U.Ibrohim va M.Azizbek tomonidan Islomobod ko‘chasida to‘xtab turgan avtomobil salonidan ikkita uyali aloqa vositasi o‘g‘irlangan. Ushbu holat bo‘yicha o‘g‘rilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolalarning yoshligini inobatga olgan holda ularning barchasi ota-onasining shaxsan kafilligi bilan tergov jarayonida ozodlikda qoldirilgandi. 13 iyun kuni esa ish sudga oshirilgan va u 1 avgust kuni ko‘rib chiqilishi kerak edi.
Endi esa gumondorlar A.Akbar va K.Husniddin takroran jinoyat sodir etganliklari va jinoiy javobgarlikka tortilganliklari uchun sud avvalgi ehtiyot chorasini qamoqqa olish chorasiga o‘zgartirdi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024