O‘zbekiston | 15:38 / 06.08.2018
6398
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda fuqarolar bilish lozim bo‘lgan huquq va burchlarning minimal talabi ishlab chiqilmoqda

Foto: Getty Images

O‘zbekistonda fuqarolar huquqiy ong va madaniyatning minimal talabi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri Huquqiy siyosat tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Komil Sindorov bergan ma'lumotlarga tayanib xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, Adliya vaziriligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida har bir shaxs yosh kategoriyalariga ko‘ra bilish lozim bo‘lgan huquq va majburiyatlarining minimal talabi ishlab chiqilmoqda. 

Institut bo‘lim boshlig‘i Komil Sindorovning ta'kidlashicha, bunday minimal talablarni bilish tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ko‘proq kichik yoshdagi bolalarning ta'limiga katta e'tibor qaratiladi. 

«Masalan, 3-5 yoshdagi bolalar qaysi qanday huquq yoki burchini bilishi lozim va qanday darajada bular haqda ma'lumotga ega bo‘lishi lozim? Aytaylik, oddiy qoidalar - yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, bola huquqlari - bularni elementar darajada bilish kerak», deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval institut xodimlari ayni paytda  «Davlat huquqiy siyosati konsepsiyasi» ustida ish olib borayotgani haqida ma'lumot berilgandi.

Mavzuga oid