O‘zbekiston | 19:00 / 06.08.2018
2409
2 daqiqa o‘qiladi

Zangiotada kam ta'minlangan oilalar a'zolari va yoshi katta bemorlarga ko‘z shifoxonalaridan birida bepul operatsiya uchun sertifikatlar topshirildi 

Zangiota tumani hokimligi hamda “Sharq ayoli” xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda ikki oy mobaynida (iyun, iyul oylari) tumanning markaziy shifoxonasida “Yorqin nigoh” dasturi doirasida 2 mingdan ortiq tuman ahli Janubiy Koreya va Rossiyadan keltirilgan ko‘z kasalliklariga tashxis qo‘yish va ularni aniqlash bo‘yicha zamonaviy tibbiy uskuna yordamida bepul ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Mazkur ko‘rik natijasida 500 dan ortiq bemorlarga zamonaviy tibbiy davolash ishlari olib borildi. 

2018 yil 6 avgust kuni hokimlikda tumanning 10ta kam ta'minlangan oila a'zolari va 60 yoshdan oshgan yoshi katta bemorlarga Toshkent shahridagi zamonaviy ko‘zni davolash shifoxonalaridan birida bepul operatsiya qildirishlari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi. Har bir operatsiyani o‘rtacha bahosi 2 500 000 so‘mligini inobatga olinsa, 10ta operatsiya 25 mln so‘mlik bepul aksiyani tashkil etadi.

Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi

Bunday saxovat aksiyalari tumanda muntazam davom ettirib kelinmoqda. 

Navbatdagi aksiya Zangiota tumani hamda “Sharq ayoli” xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda shu yilning sentabr oyida “Yurak” kasalliklarini davolashga qaratiladi. Ushbu aksiya doirasida Rossiya va Germaniyadan keltiriladigan zamonaviy tibbiy uskunalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. 

Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid