Adliya vazirligi tomonidan xorijdan olib kelinadigan «köz şox pardasi» bioprotezlarini tibbiyot muassasalarida qöllaş tartibiga oid nizom davlat röyxatidan ötkazildi (röyxat raqami 3710, 2025 yil 24 noyabr).
Mazkur Nizomda xorijdan olib kelinadigan «köz şox pardasi» bioprotezlarini davlat tibbiyot muassasalarida qöllaş tartibi aniq belgilab berilgan.
Unga köra, transplantatsiya amaliyotida foydalaniladigan «köz şox pardasi» bioprotezlari faqat Vazirlar Mahkamasining 333-son qarorida körsatilgan davlat tibbiyot muassasalarida qöllanadi.
Xorijdan olib kelingan bioprotezlarni taşişda davlat tibbiyot muassasasining bir nafar tibbiyot xodimi mas’ul hisoblanadi. Bioprotezlar çegaradan olib kirilganidan söng 12 soatdan keçiktirmay tegişli davlat tibbiyot muassasalariga yetkazilişi şart.
Bioprotezlarni taşiş faqat maxsus sovitiş uskunalari (konteynerlar)da, belgilangan haroratni saqlagan holda amalga oşiriladi. Ular davlat tibbiyot muassasalaridagi maxsus muzlatkiçlarda 14 kundan oşmagan muddatda saqlanişi mumkin.
Nizomda belgilangan uşbu tartib va talablar «köz şox pardasi» bioprotezlarining xavfsizligi va sifatli saqlanişini ta’minlaş, şu orqali bemorlarga körsatiladigan oftalmologik yordam samaradorligini oşirişga qaratilgan.












