Jahon | 18:16 / 07.08.2018
9793
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda maktab o‘quvchilarini mashinada qasddan urib ketgan shaxs qatl etildi

Foto: AP

Xitoy Oliy xalq sudi seshanba kuni ikki yil muqaddam maktab o‘quvchilarini atayin urib ketgan erkakka nisbatan o‘lim jazosini ijroga keltirish uchun order berdi. Bu haqda Nanyan shahri O‘rta darajali xalq sudi saytida xabar qilingan.

Hodisa 2016 yil 29 dekabrda Xenan provinsiyasidagi Nanyan shahrida sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi Ma Gaochao o‘rta maktablardan birining o‘quvchilari darsdan chiqishini kutib turib, maktabga yuqori tezlikda kirib borgan va avtomobilni o‘quvchilarga qarata haydagan, olti kishiga jarohat yetkazgan. Shundan keyin u maktab hududidan chiqqan va yo‘lni kesib o‘tayotgan boshqa bir o‘quvchilar guruhini urib ketgan. Natijada, bitta maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, yana 11 nafari jarohat oldi.

Sudning qaroriga ko‘ra, erkak shaxsiy xusumati tufayli avtomobilni qasddan odamlar ustiga haydab borgan. U eng oliy jazoga hukm qilindi va barcha siyosiy huquqlardan umrbod mahrum etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid