Jahon | 08:49 / 07.08.2018
10149
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada: Saudiya Arabistoni tahdidini amalga oshiradigan bo‘lsa, uyatga qoladi

Foto: Zuma/TASS

Kanada inson huquqlariga rioya etish muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyasida qoladi, deya ma'lum qildi Kanada tashqi ishlar vaziri Xristya Friland Saudiya Arabistonining Kanada elchisini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan.

«Biz e'lon qilingan pozitsiyamizda qolamiz. Bundan keyin ham ayollarning huquqlarini himoya qilishni davom ettiramiz va chekinmaymiz», - deya ma'lum qildi u. Tashqi ishlar vazirining qo‘shimcha qilishicha, Kanada Saudiya Arabistondagi inson huquqlari bo‘yicha masalani birinchi marta ko‘tarayotgani yo‘q.

Vazirning ta'kidlashicha, Ottava «Kanada hukumatining podshohlik tomonidan qo‘lga olingan faollarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bayonotlariga javoban o‘z elchisi chiqarib yuborilganidan chuqur tashvishda».

Frilandning so‘zlariga ko‘ra, agarda Ar-Riyod Kanadada tahsil olayotgan o‘z talabalarini ortga chaqirtirib olish bo‘yicha tahdidini amalga oshiradigan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni «uyatga» qoladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid