Jahon | 19:19 / 07.08.2018
9100
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyada afg‘onistonlik tadbirkor 80 vagon Tojikiston paxtasini o‘g‘irlagani uchun 8 yilga qamaldi

Latviyaning Riga tumani sudi Tojikiston paxtasini o‘g‘irlashda ayblangan tadbirkor Muhammad G‘ulomiyni (afg‘onistonlik, Latviya fuqarosi) 8 yilga ozodlikdan mahrum etdi. 

Muhammad G‘ulomiy
Foto: delphi.lv

Uning turmush o‘rtog‘i Valentina G‘ulomiy esa 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ular Tojikistondan umumiy qiymati 9 million yevrolik 80 vagon paxtani o‘g‘irlashda ayblangan. Mazkur ish bo‘yicha yana bir ayblanuvchi Larisa Karpenko 5 yilga qamaldi.

Muhammad G‘ulomiy shuningdek, jabrlanuvchi tomonga 9 million yevro zararni qoplab beradi. Xabar qilinishicha, jinoyat 2012 yilda sodir etilgan. Muhammad G‘ulomiy va uning sheriklari yukni soxta hujjatlar bilan boshqa odam nomiga rasmiylashtirishgan va Latviyadagi bojxona omoborxonasidagi paxtalarni olib chiqib ketishgan.

Yukning kelib chiqishi hamda boshqa tafsilotlar hozircha aniq emas.

Latviya OAVlarining ma'lumot berishicha, mazkur mavzu yuqori darajada muhokama qilingan: Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon latviyalik hamkasbidan Latviyada yo‘qolib qolgan paxtani qidirib topishda yordam berishini so‘ragan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid