Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati Jakartaga yo‘l olayotgan sportchilarimizga omad tiladi
Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida Osiyo o‘yinlariga yo‘l olayotgan o‘zbekistonlik sportchilar, murabbiylar, federatsiyalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida rasmiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, prezident devoni mas'ul xodimi Zafar Bakiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov hamda bosh kotib Jasur Matchanov ishtirok etdi.

O‘zbekiston sporti rahbariyati rasmiylari so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga muhim turnir oldidan omad va zafarlar tilab, yorug‘ yuz bilan ortga qaytishlarini tilashdi.

Xabaringiz bor, Osiyo o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlarida o‘zbekistonlik taniqli bokschi Isroil Madrimov terma jamoa bayroqdori bo‘ladi. Marosim yakunida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taniqli sportchimizga davlatimiz bayrog‘ini tantanali sur'atda topshirdi.


XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston termasi sharafini 30 sport turi bo‘yicha jami 232 nafar sportchi himoya qiladi. Musobaqani bevosita voqea joyidan yoritib borish maqsadida tarixda ilk bor 20ga yaqin jurnalist delegatsiya tarkibidan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, olimpiya o‘yinlariga kiritilgan o‘zbek milliy kurashi ilk marta ushbu musobaqa dasturidan o‘rin olgan.




Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
13:52 / 23.04.2026
Oxirgi o‘n yilliklarda Markaziy Osiyo muzliklar hajmining 30 foizigacha qismini yo‘qotdi va bu jarayon tezlashyapti – Aziz Abduhakimov
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
17:39 / 27.11.2025