Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Humo Arena» qishki sport turlarini rivojlantirish markaziga aylanadi
Toshkentdagi «Humo Arena» ko‘p funksiyali muz kompleksi 2018 yil 30 dekabrgacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. QHTBT portalida ushbu sport inshooti faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan Prezident qarori loyihasi muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.
Inshootdan xokkey, figurali uchish, kyorling, short-trekni rivojlantirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu yerda basketbol, voleybol, mini-futbol, boks, kurash va yopiq binolarda o‘tkaziladigan boshqa sport turlari ommalashtiriladi. Kontsertlar, tantanalar va boshqa madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Kompleksdan foydalanishni «Wind Rose» MChJ zimmasiga yuklash mo‘ljallanmoqda, u kompleks qurilishiga buyurtma bergan edi. Uning faoliyat yuritishidan olingan daromadlar, xayriya mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyalashtirish manbalari bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar nazarda tutilgan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish taklif etilmoqda:
• qishki sport turlari bo‘yicha tegishli federatsiyalar hamda Qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi bilan birgalikda qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, shu jumladan ularning ehtiyojlari uchun «Numo Arena»da zarur tayyorgarlik bazasini yaratish chora-tadbirlari;
• qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va sport klublarini tashkil etish;
• mavjud eksponatlar yoxud mamlakatning boshqa muzeylaridagi ularning nusxalarini konsolidatsiyalash va to‘plash yo‘li bilan Kompleks bazasida qishki sport turlari bo‘yicha vaqtinchalik ekspozitsiyalarni tashkil etish;
• Kompleks qurilishi doirasida uning lozim darajada jihozlanishini ta'minlash uchun barcha tadbirlarni, sh.j. xalqaro standartlar bo‘yicha o‘tkazish maqsadida savdo, umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar infratuzilmani tayyorlash, zarur inventar, amunitsiya va moslamalarni xarid qilish;
• yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda sport inventari, moslamalar va amunitsiya ishlab chiqarilishini tashkil etish.
Loyiha rad etilishi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026