Sportning qişki turlarini rivojlantiriş maqsadida Toşkent şahrining Afrosiyob va Beşyoğoç köçalari kesişuvidagi 9 gektar maydonda köp tarmoqli «Humo Arena» muz saroyi qurilişi boşlanganidan xabaringiz bor.

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berişiça, 12 ming kişilik tribunaga ega köp funksional saroy hududida muz arenasi, maşğulotlar ötkaziladigan maydon, öquv-köngiloçar bolalar xiyoboni, oilaviy köngiloçar markazlar, amfiteatr, favvorali xuşmanzara boğlar, restoran va rekreatsion hududlar, boğ va sayilgoh, zamonaviy parking va boşqa köplab inşootlar joylaşadi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati

Majmuada ölçamlari 60x30 metr bölgan ikkita - asosiy va maşq muz arenalari rejalaştirilgan bölib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni taşkil qiladi, bino 4 qavatdan iborat bölib, balandligi 36 metrni taşkil etadi.

Şuningdek, muz saroyi 12,5 ming öringa ega bölib, konsert zali sifatida 10 ming, sport musobaqalar ötkaziş zali sifatida esa 14 ming tomoşabinga möljallangan. Asosiy binoda 300 örinlik maşq arenasi ham loyihalaştirilgan. Majmua hududida şuningdek, sport muzeyi, bolalar uçun yopiq öyingoh, trenajyor zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, sport anjomlari dökoni va boşqa xizmat körsatiş obektlari joylaştiriladi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati

Inşoot atrofi zamonaviy landşaft arxitekturasi usullaridan foydalangan holda obodonlaştiriladi va aholiga qulay bölgan madaniy hordiq çiqariş uçun maydonçalar va boğlar barpo etiladi. Bundan taşqari, bino yonida 2000ta avtomobil uçun möljallangan 4 qavatdan iborat avtoturargoh quriladi.