Issiqko‘lda O‘zbekiston fuqarolariga "tezlashtirilgan xizmatlar" ko‘rsatilayotgani ma'lum bo‘ldi
Deputat Doston Bekeshev yaqinda Issiqko‘l viloyatida bo‘ldi va u yerda Davlat registratsiya xizmati (DRX) xodimlarining O‘zbekiston fuqarolaridan tezlashtirilgan xizmatlar uchun pul olinayotganidan xabar topdi, deya ma'lum qiladi 24.kg nashri.
Manbaga ko‘ra, DRX xodimlari shu yo‘l bilan o‘zbekistonlik sayyohlardan pul ishlashmoqda. Ta'kidlash joizki, Qirg‘izistonga besh kundan ortiq muddatga boruvchi O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. 1 iyundan 6 avgustgacha mintaqada ro‘yxatdan o‘tgan 8 592 chet el fuqarolarining 5 174 nafari O‘zbekistondan kelgan.
"Ro‘yxatdan o‘tish uchun yig‘im 100 somdan iborat. Aslida chet el fuqarolari bir kunda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak, biroq agar bu xizmatlar "tezlashtirilsa", pul to‘lanishi kerak. Qoidaga ko‘ra, deyarli hamma tezlashtiradi. Har bir mehmon uchun yana 100 som qo‘shimcha to‘lanadi. Ortiqcha pullarning barchasi cho‘ntakka ketadi", - deydi Doston Bekeshev.
Deputatning o‘zi aybdorlarni qidirmaslikni aytib, bosh vazirga O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxatdan o‘tmay Qirg‘izistonda bo‘lish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirishni taklif qildi.
Mavzuga oid
18:44 / 02.10.2024
Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi
09:21 / 04.06.2024
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi
15:43 / 13.05.2024
Chet elda terroristik tashkilotlarga kirib qolgan fuqarolarni vatanga qaytarishning huquqiy asoslari. O‘zbekiston dunyoga namuna bo‘la oladimi?
20:48 / 18.08.2023